
"Bugun qiziq, ammo qiyin o'yin bo'ldi. Ikkala jamoani tabriklamoqchiman, chunki bu klublar yaxshi o'yin namoyish etishdi. Biz so'nggi daqiqalargacha kurashdik, lekin afsuski hech bo'lmasa duranga erisha olmadik.
Men Krishtianu Ronalduning rekordini qaytarishga harakat qilganim yo'q, chunki men uchun shaxsiy emas, jamoaviy muvaffaqiyatlar muhimroq. Biz rekordlar haqida o'ylamayapmiz. "Shaxtyor" maydonga faqat g'alaba uchun chiqadi. "Portu"ga qarshi keyingi uchrashuv turnir jadvalida hech narsani o'zgartirmaydi, biroq biz mag'lubiyat uchun o'ynamaymiz" - deydi futbolchi.