Luis Suares Argentina chempionatiga yo'l oladi

Mirjalol Normatov
16 iyun 2022, 01:28
Hujumchi Luis Suares faoliyatini Argentinada davom ettirishi kutilmoqda.

"El Observador" xabariga ko'ra, 35 yoshli forvard "River Pleyt" bilan kelishuvga erishgan. Yaqin kunlar ichida Luis Buenos-Ayresga yo'l olib, transferning so'nggi bosqichini amalga oshiradi. Hujumchi mundialga qadar o'zining yuqori jismoniy holatini ushlab turish niyatida.

Urugvaylik forvard yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo'shiladi. O'tgan mavsumda u "Atletiko" tarkibida 35 o'yinda 11 gol urib, 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Observador