Luis Kachorri nega 74-raqamni tanlagani, Superligada chempionlikka da'vogarlar hamda Italiya va o'zbek futboli haqida gapirdi

Оқил Абдубарноев
5 apr 2025, 11:44
Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Luis Kachorri fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qiyin o'yin o'tkazdik, yakunda omad bizga kulib boqdi. Biz ko'prog'iga loyiqmiz, sababi o'yin davomida ko'plab imkoniyatlar yuzaga keltirgandik.

"Bunyodkor"da 74-raqamni tanlaganimning sababi, bu raqam onamning tug'ilgan yili bilan bog'liq.

Superligada chempionlik uchun da'vogar "Paxtakor", "Nasaf", "Neftchi" kabi kuchli klublar bor. Menimcha, ligadagi hamma jamoalar yaxshi darajaga ega. Shunchaki, biz o'z o'yinimizni namoyish etib, nimalarga qodir ekanligimizni isbotlashimiz zarur.

Italiya futboli bilan solishtirganda, o'zbek futbolida taktik o'yin kamroq, ammo shiddat yuqori, ko'proq yugurish talab etiladi. Uchrashuvlar jadallashib bormoqda", dedi 27 yoshli futbolchi.

Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia