

Eslatib o'tamiz, transferlar borasidagi FIFAning taqiqi 2016 yilning 1 yanvar kuni yakuniga etadi. Shuningdek, kelasi yildan boshlab yozda harid qilingan Arda Turon hamda Aleysh Vidallar ham jamoa safida maydonga tushishlari mumkin bo'ladi.
"Men doimo jamoaga foydasi tegadigan yangi futbolchilarni sotib olishni istayman. Biroq, bu haqida yanvardan so'ng gaplashishimiz mumkin bo'ladi. Biz uchun g'alaba qozonish va turnir jadvalida birinchi o'rinda qolishimiz muhim. Oldinda yo'l uzoq hali", - deydi Enrike.



