Luis Enrike jahonda, Ro'ziqul Berdiev esa O'zbekistonda birinchi raqamli murabbiy

Aslanov Jasurbek
15 may 2015, 11:05
"Coachworldranking.com" sayti 11 may kuni klublar o'rtasida murabbiylarning navbatdagi reytingini e'lon qildi.

Unga ko'ra, Luis Enrike murabbiylar reytingini boshqarib turibdi. Keyingi o'rinlarni Karlo Anchelotti, Unai Emeri egallagan.




Ushbu reytingda O'zbekistondan faqat Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etgan klublarining ("Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Nasaf") murabbiylari bor. "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev mamlakatimizning birinchi raqamli murabbiyi dep topilgan. Keyingi o'rinlarni Samvel Babayan ("Paxtakor"), Vadim Abramov ("Lokomotiv") va Sergey Lushan ("Bunyodkor") egallagan.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia