Luis Enrike: Atletiko doimgidek bizga tashvish tug'diradi

Narzulla Saydullayev
26 fev 2017, 11:47
Barselona ustozi Luis Enrike Ispaniya chempionatining 24-turidan o'rin olgan Atletikoga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

Maqsadimiz - yaxshi o'yin ko'rsatib uch ochko olish. Atletiko doimgidek tashvish tug'dirishga urinadi.

Bu bahs ikkala jamoa uchun ham muhim. Atletiko - top-klub, ammo o'z jamoam haqida gapirishni istardim. Futbolchilarim g'alabalarda baxtli bo'lishadi, mag'lubiyatlardan keyin xafa bo'lishadi, - deydi Enrike.

Ayni paytda Barselona 51 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com