Lui van Gal: Keyingi mavsumda ham MYUda ishlayman

Narzulla Saydullayev
1 may 2016, 13:53
Manchester Yunayted ustozi Lui van Gal keyingi yil ham klubdagi faoliyatini davom ettirishini ma'lum qildi.

Klub men bilan 3 yillik shartnoma tuzishni istagandi. Men esa 2 yilni istagandim. Shu bois yangi mavsumda ham shu yerda bo'laman.

Oxirgi yarim yilda har haftada meni "ishdan bo'shatishmoqda". Shunga qaramay hamon klubdaman. Qaysi klubda ishlasam ham mish mishlar bo'lgan. O'tgan yil to'rtinchi bo'lgandik, hozir beshinchi o'rindamiz, mavsumni 3-pog'onada tugatishimiz mumkin. Angliya kubogi finaliga chiqdik. YCHLda qatnashdik. O'tgan mavsumda bularning hech biri bo'lmagandi, – deydi van Gal.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com