
"Men bu erga Gollandiya bosh murabbiyi sifatida kelganman. "Manchester Yunayted"? Hozir barcha e'tibor mundialga qaratilgan. Bu haqida bilishni istasangiz "yunayted" rahbarlariga bog'laning. Men boshqa biror narsa deya olmayman.
Men o'tgan anjumanda "Manchester Yunayted" borasida ikki og'iz gapirgandim. Sababi, anjumanda taklif etilmagan angliyalik jurnalist kelishgan edi. Men ularni savollariga javob qaytargandim. Ular esa 60 varaqli narsa yozishibdi. Nima ham qilardik", - deya o'z fikrlarini yakunladi Gollandiya terma jamoasini mundialga tayyorlayotgan Lui van Gal.