Lorenco Insine: “Axir “Borussiya” o'tgan mavsum finalda o'ynagan edi”

Tolibjon Qosimov
19 sen 2013
Chempionlar ligachi guruh bosqichi doirasida “Borussiya”ga qarshi o'yinda “Napoli” klubi tomonidan kritilgan gollarning biriga mualliflik qilgan Lorenco Insine, o'z o'yinidan mamnun bo'lganligini aytib o'tdi.

U klub tarkibida har doim maydonga tushishga tayyor ekanligini ta'kidlab o'tdi.

- Chempionlar ligasida birinchi golimni kiritganimdan xursandman. Ustiga ustak bu gol o'tgan yil mazkur musobaqaning finalida o'ynagan “Borussiya” darvozasiga kiritildi. Men “Napoli” tarkibida har doim maydonga tushishga tayyorman, - Insinening so'zlarini keltiradi Football Italia.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru