Loran Blan: Bor kuchimiz bilan o'ynasak ham yarim finalga chiqa olmadik

Narzulla Saydullayev
22 apr 2015, 09:20
Pari Sen-Jermen bosh murabbiyi Loran Blan YCHL chorak finali doirasidagi Barselonaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Barselona haqli ravishda g'alaba qozondi. Bor kuchimiz bilan o'ynadik, lekin bu yarim finalga chiqish uchun etarli bo'lmadi.

Kataloniya klubi futbolchilarining klassi juda yuqori.

Hujumda yaxshi o'ynamadik. Gol urmasang, keyingi bosqichga chiqa olmaysan. Barselona bilan o'ynasang osongina g'alaba qozona olmaysan. Faqat himoyalanmadik va o'z o'yinimizga sodiq qoldik, – deydi Blan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru