Loran Blan: "Bayer"ga hurmat bilan qaraymiz"

Tolibjon Qosimov
16 dek 2013, 18:48
"PSJ" bosh murabbiyi Loran Blan YCHL 1/8 finali qur'asi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Bu bosqichda Fransiya klubi "Bayer"ga qarshi o'ynaydi.
– Bizga "Bayer" tushishi mumkinligiga tayyor edik, – deydi Blan UEFA rasmiy saytiga. – Ularning o'yinini o'rganib chiqayotgandik, buni fevralga qadar davom ettiramiz. Qur'a omadli yoki omadsiz keldi deya olmayman. Pley-offga chiqqan barcha klub kabi "Bayer"ga ham hurmat bilan munosabatda bo'lamiz.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru