"Lopetegi qol, biz seni yaxshi ko'ramiz" - "Barselona" muxlislari

Mirjalol Normatov
21 okt 2018, 21:44
Kecha Ispaniya LaLigasining 9-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Levante"ga mag'lub bo'ldi.

"Barselona" esa maydonida "Sevilya"ni mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuv tugaganidan keyin g'alabani nishonlash chog'ida "Barselona" muxlislari "Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegining ustidan kulishdi.

Ular: "Lopetegi qol, biz seni yaxshi ko'ramiz", - deb qo'shiq kuylashgan.

Lopetegi qo'l ostida "Real" so'nggi 5 o'yinda g'alabaga erisha olmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SportBible