Lopetegi: "Men Ispaniya terma jamoasidan ketishni xohlamagandim, ular meni tashqariga otdilar"

Alisher
28 may 2019, 14:36
Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Universo Valdano bilan bo'lgan intervyuda 2018 yilgi jahon chempionatidan oldin termadan ketganini esladi.

Lopetegi mundialdan so'ng "Real"ni qabul qilishi aniq bo'lganidan so'ng, Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan iste'foga chiqarilgan edi.

"Kimdir meni milliy terma jamoadan o'z tashabbusi bilan tark etgan deb o'ylaydi, ammo men bunday qarorga kelmagan edim. Chunki milliy terma jamoada ishlash katta orzu va katta masuliyatdir. O'sha paytda meni tashqariga otishgan", - deydi Lopetegi.

Eslatib o'tamiz, Lopetegining iste'fosidan so'ng Ispaniyani Fernando Yerro qabul qilib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: abola.pt