Lopetegi "Barselona"ga qarshi o'yin haqida: "Biz o'yinni nazorat qilishni xohlaymiz"

Alisher
3 mar 2021, 10:00
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Ispaniya Kubogi 1/2 final javob o'yini doirasidagi "Barselona"ga bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Ilk o'yin "Sevilya"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.

"Biz oldingi o'yinlar haqida o'ylamaymiz, bizning barcha diqqatimiz bo'lajak o'yinga qaratilgan. Biz maksimum tarzda to'p bilan va u siz yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Biz o'yinni nazorat qilishni xohlaymiz, jamoa bunga tayyor. Albatta, bu o'yinning oldingi ikkita bahsga aloqasi bo'lmaydi. Bu futbol, doim shunaqa bo'ladi. Biz o'tmishga qaramaymiz", - deydi Lopetegi.

"Barselona" va "Sevilya" o'rtasidagi o'yin bugun bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sevillafc.es