"Lokomotiv"ning OCHL-2018dagi raqibi Yulduzlar Ligasida mag'lubiyatsiz odimlamoqda

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2018, 16:09
O'zbekiston chempioni - Toshkentning "Lokomotiv" klubiga Osiyo Chempionlar Ligasi-2018 guruh bosqichida raqiblik qiladigan Qatarning "Al Duhail" o'z milliy birinchiligidagi yetakchiligini yanada mustahkamlab oldi.

Qatar Yulduzlar Ligasida 13-tur uchrashuvlariga start berildi. Musobaqa jadvali yakka peshqadami - "Duhail" bu safar "Al Arabi" maydoniga safar uyushtirib, kichik hisobda g'alaba qozondi. "Duhail"ga g'alaba taqdim etgan yagona golga Karim Budiaf mualliflik qildi.



Natijada "Duhail" hisobdagi ochkolar soni 13ta o'yindan so'ng 35taga etdi. Jamoa 11ta g'alaba va 2ta durang qayd etdi. Hali Jamel Belmadi shogirdlari bu mavsum mag'lubiyatga uchragani yo'q.

QATAR YULDUZLAR LIGASI

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Локомотив” матбуот хизмати