"Lokomotiv"ning ikki futbolchisi "So'g'diyona"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
17 avg 2016, 09:00
"Lokomotiv" oliy ligada navbatdagi tur uchrashuvini o'z maydonida o'tkazadi. "Temiryo'lchilar" 18 avgust kuni TTYMI stadionida "So'g'diyona"ni qabul qilishadi. O'yin 19:00da boshlanadi.

Mazkur bahsni diskvalifikaciya tufayli jamoaning ikki futbolchisi Marat Bikmaev bilan Server Jeparov o'tkazib yuboradi. Chunki har ikkala futbolchi hisobida to'rttadan sariq kartochka mavjud. Ma'lumki, oliy liga reglamentiga binoan futbolchi mavsum davomida to'rtta sariq kartochka oladigan bo'lsa, keyingi tur uchrashuvida maydonga tusha olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz