“Lokomotiv” va “Dinamo” o'z safiga Sneyderni qo'shib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2014, 15:20
Rossiyaning “Lokomotiv” va “Dinamo” klublari Gollandiya terma jamoasi futbolchisi Uesli Sneyderni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Matbuotda “Atletiko” Lass Diarraga qiziqib qolgani haqida xabar chiqqanidan keyin, “temiryo'lchilar” maydon markazini gollandiyalik futbolchi bilan to'ldirishga qaror qilishdi.

“Galatasaroy” ikki rus klubi bilan muzokaralar olib bormoqda va turk klubi Sneyderni 20 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Oldinroq, Matyo Valbuenani “Dinamo” sotib olmoqchiligi to'g'risidagi xabarlar paydo bo'lgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com