"Lokomotiv" Tehronga uchib ketmoqda

Narzulla Saydullayev
12 mar 2017, 09:12
OCHL-2017 guruh bosqichi, 3-turida "Lokomotiv" Eronda "Istiqlol" mehmoni bo'ladi.

Bugun "temiryo'lchilar" charter reysda Toshkentdan Tehronga uchishadi. Delegaciya a'zolarini o'z bag'riga olgan samolyot soat 10:00da parvoz qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Istiqlol" - "Lokomotiv" uchrashuvi 13 mart kuni Tehrondagi "Ozodi" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia