

“Temiryo'lchilar” jamoasi mazkur o'yinga hozirlikni davom ettirmoqda. Bugun “Loko” futbolchilari safarga jo'nash oldidan mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulotda barcha futbolchilar ishtirok etishganini takidlash joiz. Oldindagi muhim bellashuvga hamma jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.
Qayd etish joizki, “Qizilqum” – “Lokomotiv” uchrashuvi 3 noyabr kuni 15:30da bo'lib o'tadi.






