"Lokomotiv" o'tgan mavsum Farg'ona klublarida to'p tepgan ikki nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Оқил Абдубарноев
4 yanv 2024, 20:55
Avvalroq poytaxtliklar OKMK himoyachisini tarkibga qo'shib olgandi.

Toshkentning "Lokomotiv" klubi Abdulazizxon Abdurashidov va Izzatilla Abdullaev bilan shartnoma imzoladi.

Abdurashidov o'tgan mavsum "Turon" jamoasida o'ynagan bo'lsa, Abdullaev "Neftchi" tarkibida to'p tepgan.

Avvalroq OKMK himoyachisi Anzur Ismoilov "temiryo'lchilar" safiga qo'shilgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати