“Lokomotiv” mashg'ulotlarni Dubayda davom ettirmoqda (+Foto)

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2017, 13:12
Xabaringiz bor, O'zbekistonning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” yangi mavsumga hozirlikni davom ettirish uchun kecha BAAning Dubay shahriga uchib ketgandi.

Jamoamiz allaqachon BAA yig'ini doirasida mashg'ulotlarni boshlab yubordi. Mashg'ulot jarayoniga Andrey Miklyaev hamda Mirko Yyelichich boshchilik qilishmoqda. Yig'inda jami 23 nafar futbolchi ishtirok etayotganini takidlash joiz.

Qayd etish kerakki, “Lokomotiv”ning mazkur o'quv-mashg'ulot yig'ini 21 yanvarga qadar davom etadi.
 
Quyida mashg'ulot jarayonidan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz