"Lokomotiv" - "Guliston" uchrashuvidan keyingi murabbiylar fikrlari

Narzulla Saydullayev
16 avg 2013, 20:43
"Lokomotiv" - "Guliston" (6:2) uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa ustozlari o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
Uchrashuvdan so'ng
Xakim Fuzaylov, Lokomotiv katta murabbiyi: Ko'p futbolchilarimiz milliy terma jamoa yig'inlarida ishtirok etib qaytdilar. Asosiy tarkib o'yinchilariga hordiq berishga qaror qildik. O'yin boshida futbolchilarimiz bir-birini ozgina tushuna olmadilar. Bugun futbolchilarning yuqori saviyasi evaziga g'alaba qozondik.

Baxtiyor Ashurmatov, Guliston bosh murabbiyi: Jismoniy holatning past darajada ekanligi sabab, bir necha o'yindan beri faqat birinchi bo'limgagina kuchimiz etyapti. Ikkinchi bo'limda esa kamchiliklar ko'zga tashlanib qolmoqda va gol o'tkazib yubormoqdamiz. Moliyaviy ahvolimiz keyingi o'yinlar davomida yaxshilanib borishiga homiylarimiz vada berishdi.

Xabar Lokomotiv FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz