"Lokomotiv" futbolchisining goli Tojikiston termasini Osiyo chempionatiga olib chiqdi

Mirjalol Normatov
12 sen 2023, 23:31
Tojikistonda Avstraliya hamda Tojikiston termalari U-23 Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish uchun kurash olib borishdi.

Unda 1:1 hisobi qayd etildi. Bahsning 12-daqiqasida kengurular yurti vakillari hisobni ochishgandi. 28-daqiqada esa "Lokomotiv" tarkibida harakat qiladigan to'purar futbolchi Rustam Soirov hisobni tenglashtirdi va Tojikiston termasini Qatarda bo'ladigan Osiyo chempionati yo'llanmasini taqdim qildi.

U-23 Osiyo Kubogi-2024 saralashi

"I" guruhi. 3-tur

Avstraliya – Tojikiston 1:1

Gollar: Kameron Peupion, 12 (1:0), Rustam Soirov, 28 (1:1).

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Amadoni Kamolov (Tojikiston).

12 sentyabr. Dushanbe. Respublika Markaziy stadioni. 12 400 tomoshabin.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia