

Yig'in davomida “temiryo'lchilar” uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.
“Lokomotiv”ning xorijdagi ilk raqibi Saudiya Arabistonining “Al Ahli” klubi bo'ladi. Bu jamoa bilan o'yin 15 yanvar kuni bo'lib o'tadi. 19 yanvar kuni ikkinchi o'rtoqlik bellashuvi o'tkaziladi. Raqib jamoa Xitoyning “Xenan Jiane” klubi. 22 yanvarda esa “temiryo'lchilar” uchinchi nazorat bellashuvida ishtirok etishadi. Raqib – Slovakiya (U-21) terma jamoasi. 23 yanvarda jamoamiz a'zolari Toshkentga qaytib kelishadi.



