“Lokomotiv” Belekda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda (FOTO)

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2018, 20:56
Toshkentning “Lokomotiv” klubi yangi mavsum oldidan ikkinchi xorij yig'inini Turkiyaning Belek shahrida davom ettirmoqda.

“Temiryo'lchilar” jamoasi Belekda kuniga 2 mahaldan mashg'ulotlar olib bormoqda. Kunning birinchi qismida maydonda mashg'ulot o'talayotgan bo'lsa, tushdan so'ng futbolchilar jismoniy holatni yaxshilash uchun trenajyor zalida shug'ullanishmoqda.

– Mashg'ulotlar ko'tarinki ruhda o'tyapti. Barchamiz yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ham jismoniy tiklanishga, ham taktik jihatga urg'u berilgan mashg'ulotlar o'tkazilyapti. Osiyo Chempionlar Ligasining 1-tur o'yiniga ham oz muddat qoldi. Nasib etsa, ushbu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rib, startni yaxshi olishga urinamiz. Bu yil OCHLda ham munosib ishtirok etishni maqsad qilyapmiz,  – dedi jamoaning mohir himoyachilaridan biri Salim Mustafoev.

Takidlash joizki, “Lokomotiv” ertaga mazkur yig'in doirasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. 1 fevralda jamoamiz Armanistonning “Alashkert” klubi bilan bahs yuritadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz