"Lokomotiv": "Babayanni oldida turgan hozirgi vazifa klub strukturasini tuzish"

Nadirkhuja Yuldashev
22 may 2019, 18:13
Bugun OAVda Samvel Babayanni "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi haqida xabarlarga oid ma'lumotga oydinlik kiritish uchun klub matbuot xizmati bilan bog'landik.

"Samvel Babayan ayni paytda klub strukturasida faoliyat olib borayapti. Uning bosh murabbiy bo'lish bo'lmasligi haqidagi savolni ochiq qoldiramiz. Chunki ayni paytda Babayanni oldida jamoa akademiyasi, 2-liga va o'rinbosarlar tarkiblaridagi siyosat ustida ishlash va ularni professional holatga olib chiqish vazifa etib qo'yilgan. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar talaygina. Yana shuni takidlab o'tamiz, "Nasaf"ga qarshi safar o'yiniga Andrey Fyodorov jamoani tayyorlashda davom etadi", - deydi "Lokomotiv" matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia