“Lokomotiv” 2010 yildan buyon “Bunyodkor” maydonida mag'lubiyatga uchramay kelmoqda

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2017, 13:22
Xabaringiz bor, bugun “Lokomotiv” “Bunyodkor” maydonida mehmon bo'ladi.

“Toshkent derbisi” maqomi ostida o'tadigan bellashuvlar doimo shiddatli ko'rinish olgan va butun o'zbek futbol jamoatchiligi diqqat markazida bo'lib kelgan.

Takidlash kerakki, “Loko” shu paytga qadar Oliy Liga doirasida “Bunyodkor” maydoniga 9 marta safar uyushtirgan. O'yinlarning 4 tasi “qaldirg'ochlar” foydasiga, 2 tasi “temiryo'lchilar” foydasiga hal bo'lgan. Yana 3 ta bahs durang bilan yakunlangan.



Diqqatga sazovor jihati shundan iboratki, “Lokomotiv” so'nggi bor 2010 yilda “Bunyodkor” maydonida mag'lub bo'lgan. Shundan buyon “qaldirg'ochlar” o'z uyida “temiryo'lchilar”ni mag'lub eta olmay kelishmoqda.

Oliy Liga doirasida “Bunyodkor” maydonida o'tgan o'yinlar:
Bunyodkor – Lokomotiv 0:1 (23.11.2016)
Bunyodkor – Lokomotiv 0:1 (22.08.2015)
Bunyodkor – Lokomotiv 1:1 (11.04.2014)
Bunyodkor – Lokomotiv 1:1 (04.07.2013)
Bunyodkor – Lokomotiv 1:1 (22.04.2012)
Bunyodkor – Lokomotiv 1:0 (16.10.2010)
Bunyodkor – Lokomotiv 2:1 (24.10.2009)
Quruvchi – Lokomotiv 2:0  (02.05.2008)
Quruvchi – Lokomotiv 3:1 (17.03.2007)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz