

Bu haqda Fransiyaning Footmercato sayti xabar berdi. Manbaga ko'ra, tomonlar dastlabki muzokaralarni o'tkazgan. 42 yoshli ispaniyalik sobiq jamoasi uchun Leverkuzenni tark etishga tayyormi yoki yo'qligi haqida aniq fikr bildirmagan.
Eslatib o'tamiz, Alonso mavsum yakunida “Liverpul”ni tark etishini e'lon qilgan Yurgen Kloppning o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.
Hozirda Alonso “Bayer” bilan tarix yaratishda davom etmoqda. Uning jamoasi joriy mavsum mag'lub bo'lmadi. “Bayer” Bundesligada 20-tur yakuniga ko'ra 52 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Uning nemis klubi bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.




