"Liverpul"ga Garay kerak

Mirjalol Normatov
2 noya 2020, 13:11
Himoyachi Esekel Garay faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Don Balon" xabariga ko'ra, 34 yoshli himoyachining xizmatlariga "Liverpul" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Garay jamoaning asosiy himoyachisi, jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan Virjil van Deykning o'rnida o'ynashi kutilmoqda.

Garay ayni damda erkin agent hisoblanadi. O'tgan mavsumda u "Valensiya" tarkibida 23 o'yinda qatnashib, 5 marta sariq kartochka ishlab olgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Don Balon