"Liverpul" yozda Beyl uchun "Real"ga 70 mln. evro va o'z yulduzini taklif qilgan ekan

Aslanov Jasurbek
30 mar 2018, 15:20
"Liverpul" 2017 yilning yozida Garet Beylni xarid qilishga uringan, deb yozmoqda Mundo Deportivo.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Liverpul" Beylni xarid qilish uchun "Real"ga 70 mln. evro va yarim himoyachi Filippe Koutinoni taklif qilgan. Biroq "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres hozir PSJda o'ynayotgan "Monako" forvardi Kilian Mbappeni sotib olish niyatida edi. Peres Mbappe uchun Beylni berib yubormoqchi bo'lgan. Ammo ikkala kelishuv ham amalga oshmay qoldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo