Liverpul Xoffenxaym bilan Firmino borasida kelishib oldi

Narzulla Saydullayev
24 iyun 2015, 07:42
Xoffenxaym yarim himoyachisi Roberto Firmino Liverpulga o'tishga yaqin.
Sky Sports nashri xabariga ko'ra, klublar 23 yoshli futbolchining transferi borasida kelishib olishdi.

Oldinroq Mersisayd klubi braziliyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzishi va uning uchun 25 million evro berishi haqida xabarlar chiqqandi.

O'tgan mavsumda Firmino Germaniya chempionatida 7ta gol urgan va 10ta golli pas bergan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru