"Liverpul" Xenderson bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti

Alisher
21 iyul 2021, 15:42
"Liverpul" rahbariyati xavbek Jordan Xenderson bilan yangi mehnat shartnomasini imzolash borasida kelisha olmayapti.

Tomonlar bir necha bor muzokaralar o'tkazishdi, ammo hali ham hamkorlikni uzaytirish borasida kelisha olishmadi. 31 yoshli futbolchiing mersisaydliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Jordan 2011 yildan beri "qizillar" o'yinchisi hisoblanadi.

Xenderson o'tgan mavsum APL doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Times