

Oldinroq, APL 20-tur doirasidagi o'yin qor sabab bekor qilinishi mumkinligi ma'lum bo'lgandi.
O'yinni o'tkazish xavfsizligi bo'yicha yig'ilishdan so'ng ikki klub ham o'yin rejadagidek o'tkazilishini e'lon qilishdi.
"Manchester Yunayted"ga qarshi bugungi o'yin reja bo'yicha o'tkaziladi. O'yinni intizorlik bilan kutyapmiz", – deyiladi mersisaydliklar xabarida.
"Yakshanba kuni Angliyaning shimoli-g'arbida qor sabab ogohlantirish e'lon qilingandi, ammo o'yinda muxlislarning ishtiroki xavfsiz deb topildi", – deyiladi MYU xabarida.




