"Liverpul" "Sporting" futbolchisi uchun kurashda MYUdan oldinda

Sherzod Nurmatov
10 may 2024, 11:19
Har ikki klub futbolchiga da'vogarlik qilmoqda.

"Sporting" himoyachisi Gonsalu Inasiu "Liverpul" va "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida. Bu haqda "Caught Offside" ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, "qizillar" futbolchi uchun kurashda hozirda "Manchester Yunayted"dan oldinda. Bunda klublar futbolchi transferi uchun ko'proq taklif qilishlari muhim.

Portugaliyalik futbolchi APLga o'tishga tayyor. "Sporting" futbolchi uchun 60 million evro talab qilmoqda. 22 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 46 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside