"Liverpul" Sakoni "Sautgempton"ga ijaraga bermadi

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2017
"Liverpul" rahbariyati jamoa himoyachisi Mamadu Sako bilan xayrlashmoqchi, ammo bu borada tuzukroq taklif olmayapti.

"Sautgempton" vakillari Sakoni ijaraga olmmoqchi edi, ammo mersisaydliklar rad javobini berishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Liverpul" to'laqonli transfer taklifini ko'rib chiqishga tayyor. Sako 20 mln. funtga baholanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports