

"Caught Offside" ma'lumotlariga ko'ra, "qizillar" rahbariyati 23 yoshli PSJ vingeri Bredli Barkolya 33 yoshli Salohning o'rnini bosuvchi asosiy nomzod sifatida belgilab olindi.
PSJ Barkolyani qo'yib yuborishni istamayapti, ammo agar futbolchi "Liverpul"ga o'tishga qaror qilsa, Parij klubi etiroz bildirishi ehtimoldan yiroq.

Fransiyalik vinger 2023 yilda "Lion"dan PSJga 45 million evro evaziga qo'shildi. U bu mavsum parijliklar safida 19 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma bergan.
Barkolyaning francuz gigantlari bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi va Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 70 million evroni tashkil etadi.



