"Liverpul" Myullerni xarid qilganida, Koutinoni "Barselona"ga sotib yuborardi

Aslanov Jasurbek
20 sen 2017, 16:41
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino yozgi transfer oynasida "Barselona"ga o'tish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi.

Mersisaydliklar "Bavariya"dan Tomas Myullerni xarid qilganida, braziliyalik futbolchini sotishga tayyor edi.

Yozda "Liverpul" Koutinoni "Barselona"ga 160 mln. evro evaziga sotmoqchi ekanligi ma'lum qilingan edi, biroq ular o'sha vaqtning o'zida Myuller borasida "Bavariya" bilan muzokara o'tkazishgan. Nemis hujumchisini xarid qilish imkonsiz ekanligi ma'lum bo'lgach, mersisaydliklar Koutinoni sotmaslikka qaror qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild