"Liverpul" – klublar o'rtasida jahon chempioniga aylangan 2-ingliz klubi

22 dek 2019, 02:16
Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" klublar o'rtasidagi JCH finalida Braziliyaning "Flamengo" klubini mag'lub etdi.

Bu inglizlarning mazkur musobaqadagi ikkinchi yirik g'alabasi hisoblanadi. Bunga qadar kubokni "Manchester Yunayted" klubi 2008 yilda qo'lga kiritgandi. Musobaqaning 2012 yilgi finalida esa "Chelsi" Braziliyaning "Korintians" klubiga yutqazib qo'ygandi (0:1).

"Liverpul" ham turnirning 2005 yilgi finalida "San-Paulu"(0:1) jamoasiga imkoniyatni boy bergan edi.

Ma'lumot uchun, klublar o'rtasidagi jahon chempionligini 12 marta Yevropa, 4 marta Janubiy Amerika klublari qo'lga kiritgan. Osiyo, Okeaniya va Afrika jamoalari hisobidagi kuboklar soni – 0.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia