

Ingliz klubi braziliyalik hujumchiga o'rinbosar topdi. Manbaning xabariga ko'ra, “qizillar” Randal Kolo-Muanini sotib olmoqchi.
Shu bilan birga, transfer bozorida Kolo-Muani uchun kurash qiyin kechishi qayd etilgan - Fransiya terma jamoasi hujumchisiga PSJ, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" ham da'vogarlik qilmoqda. Ayni paytda 24 yoshli hujumchi to'p surayotgan Germaniyaning "Ayntraxt"i futbolchi uchun katta mablag' talab qilishi shubhasiz.
2022/2023 yilgi mavsumda Randal Kolo-Muani 35 o'yinda 16 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



