"Liverpul" 4ta o'yinda 14ta gol urdi

Aslanov Jasurbek
8 avg 2018, 09:26
"Liverpul" o'rtoqlik uchrashuvida "Torino"ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Bu mersisaydliklarning ketma-ket to'rtinchi g'alabasi bo'ldi. "Liverpul" bungacha o'rtoqlik uchrashuvlarida "Napoli" (5:0), "Manchester Yunayted" (4:1) va "Manchester Siti"ni (2:1) taslim etdi.

Shunday qilib, Yurgen Klopp jamoasi 4ta uchrashuvda 14ta gol urdi.

"Qizillar" mavsumoldi yig'inlarda faqat Dortmundning "Borussiya"siga mag'lub bo'ldi (1:3).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports.ru