"Liverpul" 12 o'yindan so'ng "Enfild"da g'alabaga erisha olmadi

Mirjalol Normatov
8 may 2022, 11:34
"Liverpul" APLda 12 o'yindan keyin o'z maydonida g'alaba qozonmadi.

Mersisaydliklar kecha tunda chempionatning 36-turida "Tottenxem" bilan durang o'ynadi, 1:1. So'nggi bora jamoa "Enfild"da 30 oktyabr kuni "Brayton" bilan durang o'ynagandi - 2:2.

Shundan keyin jamoa o'z maydonida umumiy 35:2 hisobida 12 g'alaba qayd etdi. Jamoaning keyingi uy o'yini 22 may kuni "Vulverxempton"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia