JCH. Ispaniya mundialda ilk bor qatnashayotgan Kabo-Verdeni yuta olmadi

15 iyun 2026, 22:55
Jahon chempionatining H guruhi 1-turidan o'rin olgan Ispaniya va Kabo-Verde terma jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.

JCH-2026. H guruhi, 1-tur

Ispaniya - Kabo-Verde 0:0

Ispaniya: 23. Unay Simon, 22. Pau Kubarsi, 14. Emerik Laport, 24. Mark Kukurelya, 5. Markos Lorente, 8. Fabian Ruis (6. Mikel Merino, 71’), 16. Rodri (17. Niko Uilyams, 87’), 20. Pedri, 9. Gavi (19. Lamin Yamal, 71’), 7. Ferran Torres (10. Dani Olmo, 81’), 21. Mikel Oyarsabal.

Zaxira: 1. David Rayya, 13. Joan Garsiya, 2. Mark Pubil, 3. Alexandro Grimaldo, 4. Erik Garsiya, 12. Pedro Porro, 18. Martin Subimendi, 15. Aleks Baena, 11. Yeremi Pino, 25. Viktor Munos, 26. Borxa Iglesias.

Kabo-Verde: 1. Jozimar Vozinya, 4. Roberto Lopes, 3. Diney Borjesh, 13. Sidni Lopesh Kabral (8. Joau Paulu, 76’), 22. Stiven Moreyra, 20. Rayan Mendesh, 6. Kevin Lenini, 15. Laros Duarte (14. Deroy Duarte, 61’), 10. Jamiru Monteyru (18. Telmu Arkanju, 79’), 7. Jovani Kabral (17. Villi Semedo, 61’), 19. Deylon Rosha Livramento (21. Joya Da Koshta, 61’).

Zaxira: 12. Marsiu Roza, 23. Si Jey dush Santush, 2. Stopira, 5. Logan Koshta, 24. Vagner Pina, 25. Kelvin Piresh, 11. Garri Rodrigesh, 16. Eyr Semedo Monteyro, 26. Elio Varela, 9. Benshimol.

Ogohlantirishlar: 16 - Sidni Lopesh Kabral, 90+3 - Pedri

🕘 90+5. O'yin yakunlandi, Kabo-Verde sensacion natija qayd etdi!

90+4. Rayan Mendeshning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi.

90+2. Yamalning uzoqdan yo'llagan zarbasi sherigiga tegib, ortga qaytdi.

90+1. Borjeshning bosh bilan bergan zarbasini Simon qaytardi…

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Kevin Leninining uzoqdan yo'llagan zarbasi Olmoga tegib, maydonni tark etdi.

88. Zo'r hujum tashkil etilgandi, Olmoning markazga uzatmasidan so'ng Oyarsabal darvozaga yo'lladi to'pni, rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi to'p…

85. Rodrining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.

82. Kukurelyaning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'pni Vozinya ushlab oldi!

75. Ferranning kuchli zarbasidan so'ng Kabo-Verde himoyachilari blok bilan qaytarishdi.

73. Yamal boshlagan hujumni Lorente darvozaga zarba bilan yakunladi, darvozabon esa o'z o'rnida!

2026-06-15 22.45.31.jpg

🔄 71. Yamal Jahon chempionatidagi debyutini o'tkazmoqda!

69. Yana futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun imkon berildi.

68. Lamin Yamal zaxiradan maydonga tushishi kutilmoqda!

🔄 61. Kabo-Verde birdaniga uchta o'zgarishni amalga oshirdi, ko'ramiz, o'yin tempi qanchalik o'zgararkan.

58. Lyaportning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

57. Fabianning navbatdagi zarbasidan to'pni Vozinya ushlab oldi.

Ayni vaqtda mazkur uchrashuvni bevosita stadiondan turib o'zbekistonlik sharhlovchilar - Xayrulla Hamidov hamda Davron Fayziev ham kuzatib bormoqda.

2026-06-15 22.16.27.jpg

53. Oyarsabal yo uzatma bermoqchi bo'lib, adashib zarba berib qo'ydi yoki chindan darvozabonni aldadi - nima bo'lsa ham xavfli vaziyat bo'ldi, ammo noaniq ketdi zarba.

51. Yana Ruisdan zarba, bu safar ham noaniq ketdi.

48. Fabianning zarbasi aniq bo'lmadi.

🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

📊 Dastlabki bo'limdan keyingi statistika:

To'p nazorati - 70% - 30%

Darvoza tomon zarbalar: 12 - 3

Aniq zarbalar: 4 - 0

Burchak zarbalar - 4 - 0

Uzatmalar aniqligi - 92% - 77%

Seyvlar - 0 - 4

🕘 45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 0:0!

45+4. Oyarsabalning bosh bilan bergan zarbasi juda noaniq bo'ldi.

45+2. Burchakdan uzatilgan to'pni Lyaport darvozaga yo'lladi, Kabo-Verde posboni qiyinchilik bilan jamoasini muqarrar goldan qutqardi…

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

gettyimages-2281141256-2048x2048.jpg

45. Yana Ferran! Jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasini Vozinya ushlab oldi!

41. Fabian Ruisning zarbasi osmon-u-falakka ketdi.

40. Ferran Torres… ajoyib vaziyatni ko'kka sovurdi “Barselona” futbolchisi… bo'sh qolgan darvoza ediya…

38. Jovani Kabralning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi.

36. Pedrining kuchli zarbasini Vozinya qaytardi! Zo'r seyv!

35. Livramentoning qariyb maydon markazidan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi.

2026-06-15 22.12.11.jpg

📊 34. Qiziq fakt: uchrashuvning yarim soati ortda qoldi, xG bo'yicha Ispaniya 0,15 natijani qayd etmoqda…

29. Kukurelyaning kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.

27. Kabo-Verde nihoyat oldinga o'tdi, biroq hujum oxiriga etmay qoldi.

23. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

20. Kubarsining uzoqdan bergan zarbasi o'ta muvaffaqiyatsiz chiqdi, erlatib tepilgan to'p Ruisga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

15. Pedrining erlatib bergan zarbasidan so'ng to'pni Vozinya ushlab oldi.

12. Pedri o'ng qanotdan havolatib to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, biroq Oyarsabal zarba bera olmadi darvoza tomon, raqib himoyachilari yaxshi o'ynadi.

5. Uchrashuvda aytarli vaziyat ko'rmadik, to'p nazorati garchand ispanlarda bo'lsa-da, afrikaliklar ham yomon harakat qilmayapti.

🕛 1. O'yin boshlandi!

2026-06-15 22.12.04.jpg2026-06-15 22.10.30.jpg

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni H guruhi 1-turidan o'rin olgan Ispaniya va Kabo-Verde terma jamoalari o'rtasidagi bahsning matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia