

Qayd etish kerakki, kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messining shaxsan o'zi 22 yoshli forvardni "Barselona"da ko'rmoqchi.
"Inter" sentyabrda Martines bilan shartnomani yana 5 yilga uzaytirishni xohlayotgani ma'lum bo'lgan edi, ammo shartnoma hozircha uzaytirilgani yo'q.
Argentinalik futbolchi joriy mavsum "Inter" safida 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assistga erishgan.
Martines kecha CHL guruh bosqichi doirasidagi "Kamp Nou"da kechgan o'yinda "Barselona" darvozasini ishg'ol qildi. Ammo, Suaresning dubli sabab o'yin 2:1 hisobida yakunlandi.




