"Lion" Dembeleni yozga qadar saqlab qolmoqchi

Alisher
31 dek 2020, 18:23
"Lion" forvardi Mussa Dembele qishda klubdan kyetmaydi.

24 yoshli fransiyalik futbolchi uchun "Chelsi" da'vogarlik qilmoqda, ammo klub uni iyulga qadar sotmaslikka qaror qildi.

Klub mavsum so'nggiga ko'ra Chempionlar Ligasiga yo'l olish uchun jamoaga yordam beradigan eng muhim o'yinchilaridan biri bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.

"Chelsi" Dembele uchun 40 million evro taklif qildi, ammo "Lion" rad javobini berdi. O'yinchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: France Football