"Lion" Azmunga 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor

Alisher
19 noya 2021, 18:47
"Zenit" hujumchisi Syerdar Azmun "Lion"ga o'tishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, francuz klubi 26 yoshli o'yinchi uchun 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Eronlikning peterburgliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

Azmun joriy mavsum RPL doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira