"Lion" Azmun uchun 15 mln evrodan ko'p bermaydi

Omonjon To`xtamirzayev
26 avg 2021
"Lion" hamon "Zenit" bilan hujumchi Syerdar Azmun transferi borasida kelishuvga erishishdan umidvor.

"Lion" uchun Azmun ustuvor variant. Klubdagilar futbolchining shartnoma muddati yakuniga oz qolgani uchun ham bu transferga optimistik ruhda qarashmoqda. Qo'shimchasiga jamoa bosh murabbiyi Peter Bos bu xaridni istamoqda va hujumchi o'yinidan zavq olishini ma'lum qilgan.

Bu yerda asosiy to'siq – summa bo'lishi mumkin bo'lishi mumkin. "Lion" eronlik uchun 20 million evro to'lash niyatida emas. Klub ko'pi bilan – 15 mln berishga tayyor. Francuzlarning fikricha, shu narx ham anchagina katta.

"Zenit" bunga qanday javob berishini bilmayman, lekin "Lion" boshqacha narsa taklif qilmaydi", – deb xabar beradi klubga yaqin manbaa.

Avvalroq "Lion" Azmun uchun 11 mln evro taklif qilgani va "Zenit" bu transfyerdan 20 mln ishlab olmoqchi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru