Lingard Moyes qo'l ostida sermahsullik ko'rsatmoqda

Eldor Akmurzayev
21 fev 2021, 21:55
“Vest Xem” hujumchisi Jessi Lingard “Tottenxem”ga qarshi o'yinda g'alaba goliga mualliflik qildi – 2:1.

Bu Lingardning “bolg'alar” safidagi 4-o'yinida kiritgan 3-to'pi bo'ldi. E'tiborlisi shundaki, Jessi Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted”da uchta gol urishi uchun 36 ta o'yin talab qilingandi.

Avvalroq esa Lingard "Vest Xem"dagi debyutida dublga erishgan Trevor Sinkleyr (1998)dan keyingi ilk futbolchiga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua