Lingard boshqa qitaga yo'l olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
6 iyul 2022
Angliyalik yarim himoyachi Jessi Lingard uning xizmatlariga qiziqayotgan "Vest Xem" va "Everton" takliflarini qabul qilishga shoshilmayapti.

Jurnalist Rob Dousonning so'zlariga ko'ra, futbolchi yaqin vaqt ichida AQSHda dam olishni rejalashtirmoqda va shu vaqt davomida u mahalliy MLS klublarining takliflarini ko'rib chiqishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Lingard "Vest Xem" klubining asosiy transfer maqsadi bo'lib turibdi. Jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes 2020/21 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida APLda 9 gol va 4 golli uzatmani amalga oshirgan futbolchini yana tarkibda ko'rishni istamoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/robdawsonespn