"Lill" yarim himoyachisi "Galatasaroy"ga o'tishi mumkin

Alisher
2 apr 2022, 16:22
"Lill"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Sheka yozda klubini o'zgartirishi va Turkiyaga yo'l olishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi Turkiyaning "Galatasaroy" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.

Qayd etish kerakki, Sheka "Lill" bilan shartnomasini uzaytirmaydi, shunday ekan turk jamoasi yarim himoyachini erkin agent maqomida o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

Sheka joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira