Lilian Tyuram o'g'lining PSJga o'tishiga qarshilik qildi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2022
Fransiyalik farzandiga hozirgi klubida qolishni maslahat bermoqda.

"L’Equipe" nashri xabariga ko'ra, "Nicca" yarim himoyachisi Kefren Tyuramga PSJ tomonidan qiziqish bildirildi. Biroq Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi va futbolchining otasi Lilian Tyuram bu transferga qarshi chiqdi.

Fransiyalik o'g'lini "Nicca"da qolgani maqul, deb hisoblaydi. Uning fikricha, yigitcha PSJda zaxirada qoladi va bu omil uning rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi.

21 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumda Liga 1'da 36 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L’Equipe